“Gaz Prom Standart” MChJ — gaz sohasida yuqori sifatli mahsulot va xizmatlarni ko‘rsatuvchi ishonchli tashkilotdir. Bizning asosiy yo‘nalishimiz gaz regulyator shahobchalari (GRP), gaz toraytiruvchi qurilmalar (reduktorlar) hamda Flobos 107 kabi o‘lchash vositalarini sotish, o‘rnatish, ta’mirlash va kalibrlash bilan shug‘ullanishdir. Tashkilotimizda faoliyat olib borayotgan yuqori malakali mutaxassislar har bir loyihaga individual yondashgan holda ish yuritadi. Shuningdek, tashkilot tomonidan gaz hisoblagichlari va turli xil o‘lchash vositalarini ta’mirlash, qiyoslash, sertifikatlashtirish va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish xizmatlari ko‘rsatiladi. Ta’mirlash ishlari sifatli va asl ehtiyot qismlardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Biz ko‘p yillik tajribamiz asosida O‘zbekistonning yetakchi ilmiy va texnik muassasalari bilan o‘zaro uzviy hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yganmiz. Jumladan, O‘zbekiston Standartlar instituti, O‘zbekiston Milliy Metrologiya Instituti, AJ Uztransgaz, UZTELECOM va O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi bilan hamkorlik qilamiz. Bu hamkorliklar bizga zamonaviy innovatsion texnologiyalardan foydalangan holda milliy hamda xalqaro standartlarga muvofiq ish olib borish imkonini beradi. “Gaz Prom Standart” MChJ o‘z xizmatlari orqali mijozlarga ishonchlilik, aniqlik va samarali yechimlarni taqdim etishga intiladi. Gaz sarfini o‘lchash uzellarini metrologik attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida barcha zarur hujjatlar tez va sifatli tayyorlanadi hamda mijozlarga muvofiqlikni belgilovchi qiyoslash va kalibrlash sertifikatlari bilan birga taqdim etiladi. Biz bilan hamkorlik qilish orqali siz o‘z loyihalaringizni samarali va xavfsiz tarzda amalga oshirishingiz mumkin.
O‘lchash vositasi — o‘lchashlar uchun foydalaniladigan va normallangan metrologik xususiyatlarga ega bo‘lgan texnika vositasi. Kalibrlash — berilgan sharoitlarda o‘lchash vositasi yordamida olingan kattalik qiymati va etalon bilan qayta tiklanadigan tegishli kattalik qiymati o‘rtasidagi nisbatni aniqlash orqali o‘lchash vositasining metrologik tavsiflarini aniqlash. Qiyoslash — o‘lchash vositalarining belgilab qo‘yilgan metrologik talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlash operatsiyalarini o‘z ichiga oladi. Energetika, gaz ta’minoti, sanoat va boshqa sohalardagi qurilmalarni metrologik tekshiruvdan o‘tkazish muhim sanaladi.
Flobos 107 va boshqa o‘lchash qurilmalarining davriy qiyoslashdan o‘tkazish;
Metrologik attestatsiyadan o‘tkazish (texnik pasporti bilan birga);
Qiyoslash natijalarini raqamli shaklda taqdim etish orqali to‘liq metrologiya talablariga mos xizmatlar ko‘rsatiladi.
about.description3[3]