“Gaz Prom Standart” MChJ tomonidan viloyatlardagi bir nechta 'HUDUDGAZTA'MINOT' AJ ning tuman bo‘limlaridagi mavjud gaz ta’minot tizimlari to‘liq o‘rganilib, ularni avtomatik boshqaruv tizimiga integratsiya qilish ishlari olib borildi. Loyihaning asosiy bosqichida sanoat filtrlar o‘rnatilib, gazning tozaligini ta’minlash, uskuna nosozligini oldini olish va xavfsizlikni kuchaytirish maqsad qilingan. Shuningdek, avtomatik regulyatsiya tizimi orqali bosim nazorati barqarorlashtirildi.
Bu loyiha doirasida bir nechta hududiy gaz ta’minot nuqtalariga Flobos 107 qurilmalari o‘rnatildi. Uskunalar o‘z ichiga gaz oqimini aniqlik bilan o‘lchovchi mexanizmlar, xavfsizlik sensorlari va monitoring bloklarini olgan. Qurilmalar joyida sinovdan o‘tkazilib, texnik jihatdan sozlandi, attestatsiya va qiyoslash ishlari to‘liq bajarildi. Barcha ishlar tashkilotimiz muhandislari tomonidan mustaqil amalga oshirildi.
Mazkur loyihada ishlab chiqarish korxonalari va zavodlardagi mavjud gaz o‘lchash tizimi to‘liq kalibrlashdan o‘tkazildi. Uzellar, bosim o‘lchov vositalari va diafragmalar texnik hujjatlar asosida aniqligi tahlil qilinib, amaldagi standartlarga muvofiq metrologik attestatsiyadan o‘tkazildi. Bu jarayon energetik xavfsizlikni ta’minlashga va avariyalarni oldini olishga xizmat qildi.
Ishlab chiqarish majmuasining gaz ta’minot tizimi to‘liq loyihalashtirilib ishga tushirildi. Dastlabki bosqichda gaz quvurlari, zamonaviy o‘lchash vositalari bilan jihozlandi. Keyinchalik barcha o‘lchash vositalari to‘liq qiyoslashdan o‘tkazilib, o‘lchash tizimlari funktsional tekshiruvdan so‘ng sertifikatlandi. Yakunda barcha hujjatlar tayyorlanib, ekspluatatsiya bo‘yicha yo‘riqnomalar taqdim etildi.
“Navoiyuran” DK yuqori bosimli gaz tizimi uchun Flobos 107 qurilmasining monitoring bloki ekranlashtirildi va zamonaviy uzatish modullari o‘rnatildi. Qurilma ishlab chiqarish liniyasiga texnik integratsiya qilinib, real vaqt rejimida monitoring va tahlil imkoniyati yaratildi. Qurilma o‘rnatilgach xavfsizlik bayonnomalari tekshirildi va ekspluatatsiya bo‘yicha brifing o‘tkazildi.