Beamex MC6 Ko‘p funksiyali kalibrator orqali kalibrlash xizmati:

Bizning tashkilot Beamex MC6 kalibratori yordamida yuqori aniqlikdagi kalibrlash xizmatlarini taklif etadi. Bu zamonaviy qurilma sanoatdagi turli o‘lchash vositalarini, jumladan bosim, harorat, tok, kuchlanish va chastotani yuqori aniqlikda kalibrlash imkonini beradi.

Kalibrlash Xizmati

Qurilma imkoniyatlari:

  • Ko‘p funksiyali kalibrlash – bir vaqtning o‘zida bir nechta parametrlarni o‘lchash va nazorat qilish imkoniyati. Bosim va harorat sensorlarini kalibrlash;
  • Analog va raqamli signallarni test qilish;
  • Hujjatlashtirish jarayoni – kalibrlash natijalarini avtomatik tarzda hujjatlashtirish;
  • Portativ dizayn – joyida xizmat ko‘rsatish uchun qulay.

Gidravlik bosim kalibrlash xizmati

Shuningdek, tashkilot tomonidan gidravlik nasos asosida bosim kalibrlash xizmati taklif etiladi. Ushbu xizmat yuqori aniqlik talab qilinadigan sanoatda qo‘llaniladigan o‘lchash vositalari va sinov uskunalari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, maxsus bosim generatori va raqamli manometrlar orqali amalga oshiriladi.

Kalibrlash Xizmati

O‘lchash vositasi haqida:

  • 0 – 700 bar gacha bo‘lgan yuqori bosim hosil qilish imkonini beradi;
  • Kompakt va kuchli konstruksiya — joyida kalibrlash uchun ideal;
  • Turli xil bosim manometrlari, transmitternlar va sensorlar bilan ishlash imkoniyati.